«E-AUKSION» elektron savdo platforma (savdo maydoncha)si O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3149-son qarori bilan tashkil etilgan.
Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Dastlab, savdo maydonchada 2017-yil 1-sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
So‘ng, tashkil etilgan elektron onlayn-auksion faoliyatini fuqarolarga ko‘p qulayliklar yaratib o‘zini oqlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan tegishli boshqa sohalarga joriy etilib kelinmoqda.
Savdo maydoncha fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adolatli va shaffof savdolarda egalik va foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, jumladan:
– Davlat ob’ekti (binolari) va ulushlari;
– Ijara (davlat mulkini ijaraga berish, buyurtmachilar mulklarini ijaraga berish);
– Avtotransport va maxsus texnikalar;
– Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi;
– Strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;
– Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;
– Tozalash xizmatalari (daryolar o‘zanlarini tozalash, hududlarni tozalash);
– Ko‘llar tizimidan foydalanish;
– Tashqi reklama ob’ektlarini qurish va o‘rnatish huquqi (yerlar va bino va inshootlarga qurish);
– Og‘irlik va gabaritlarni o‘lchovchi statsionar shoxobochalar o‘rnatish;
“E-AUKSION” Savdo maydonchaning asosiy maqsadlari:
– jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va holisligini ta’minlash;
– narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;
– elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish;
– axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar auksion va tanlov savdolarini tashkil etish “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bo‘yicha tashkil etiladi.