UZIMEI haqida batafsil bilib oling

UZIMEI nima? U nima maqsadda ishlab chiqilgan va qanday qilib mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha batafsil tanishib chiqamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 778-son qaroriga asosida GSM standartida ishlaydigan mobil qurilmalarning IMEI (International Mobile Equipment Identity – Xalqaro mobil uskunalar identifikatori) kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini ishga tushirish tartibi ishlab chiqildi.

uzimei rasm

Unga ko‘ra, endilikda, Respublika hududida foydalanilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini  majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Xo‘sh, qanday sharoitda mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi? IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini qanday bilsa bo‘ladi? Qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

IMEI bo‘yicha yuqoridagi va boshqa dolzarb savollarga javob berishga harakat qilamiz.

*Keltirilgan barcha ma’lumotlar faqat jismoniy shaxslar uchun shakllantirilgan.

O‘zbekiston hududida tijorat maqsadida import sifatida rasmiy dillerlar yoki tegishli yuridik maqomga ega bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan olib kirilgan mobil telefon qurilmalarining IMEI kodlari bojxonadan o‘tish bosqichidayoq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Tabiiyki, agar siz mana shunday dillerlar, rasmiy do‘konlardan mobil telefon sotib olsangiz, uning IMEI kodi allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi.

Agar siz mobil qurilmani O‘zbeksiton hududiga chet eldan, onlayn, xalqaro yetkazib berish xizmatlari orqali sotib olgan yoki o‘zingiz bilan birga chegaradan olib o‘tgan bo‘lsangiz, aynan shu hollarda IMEI kodini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi.

Ayrim hollarda qurilmani O‘zbekiston hududida ishonchsiz, tekshirilmagan, norasmiy yoki noqonuniy olib kirgan do‘konlardan sotib olganingizda ham sizga IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida xabar kelishi mumkin. Shu kabi hollarni oldini olish uchun mobil qurilmani sotib olmasdan oldin, uning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish tavsiya etiladi. Buning uchun qurilmaning qutisidan IMEI kodni topish va uni uzimei.uz saytiga kiritib ko‘rish kerak bo‘ladi. Shuningdek, IMEI kodni mobil telefonning qo‘ngiroq ilovasida *#06# terib ham, bilib olish mumkin.

Agar sizning mobil qurilmangizning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa siz quyidagi yo‘llardan biri orqali ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.

Uzimei.uz sayti oqali

IMEI kodini ro’yxatdan o’tkazishning eng qulay usuli bu – uzimei.uz
Saytga kirib, IMEI kodini tekshirish joyiga kodni kiritasiz va tekshirish tugmasini bosasiz. Agar qurilma ro’yxatdan o’tgan bo’lsa tegishli xabar ekran oynasida aks etadi. Agar IMEI ro’yxatdan o’tmagan bo’lsa siz avtomatik tarzda IMEI ro’yxatga olishg uchun anketa to’ldirish sahifasiga yo’naltirilasiz. Shundan so’ng forma orqali so’ralgan ma’lumotlar – JSHSHIR, passport seriyasi va raqami hamda telefon raqamingizni kiritgan holda ariza qoldirasiz. Sizning arizangizga qisqa daqiqalarda javob keladi. Agar hammasi muvaffaqiyatli bo’lsa, sizga arizangiz qabul qilinganligi va to’lov qaydnomasi ko’rsatilgan sms xabar keladi. To’lovni barcha to’lov platformalari (Click, PayMe, Apelsin va boshqalar) orqali amalga oshirishingiz mumkin.

SMS orqali

IMEI kod/kodlar, JSHSHIR, passport seriyasi va raqamini ko‘rsatgan holda 1170 qisqa raqamiga sms yuboring;

USSD so‘rov orqali

*1170# kombinatsiyasini tering va qo‘ngiroq belgisini bosing;

My.gov.uz sayti orqali

Jismoniy shaxslar tomonidan my.gov.uz saytida mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun quyidagi ketma ketlikni amalga oshirish kerak.

my.gov.uz saytidagi ommaviy oferta bilan tanishib chiqish

my.gov.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish

my.gov.uz saytida avtorizatsiyadan o‘tish

“Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish”ni tanlash

Mobil qurilmaning IMEI-kodi/kodlarini ko‘rsatgan holda elektron anketani to‘ldirish

UZIMEI operatorlarida

Mobil qurilmaning IMEI-kodini jismoniy shaxs (rezident) tomonidan o‘zi kelgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish

Pasportni taqdim etish

Mahalliy mobil operatorda ariza beruvchining nomiga rasmiylashtirilgan abonent raqamini taqdim etish

IMEI-kod/kodlar bilan mobil qurilmani taqdim etish

Anketani to‘ldirish

To‘lovni amalga oshirish (onlayn va oflayn)

IMEI-kodni pochta aloqasi nuqtalarida ro‘yxatdan o‘tkazish

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun rezident pasport va telefon bilan pochta bo‘limiga shaxsan murojaat qilishi kerak. Mahalliy operatorning SIM-kartasi xuddi shu pasportga rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Agar qurilma pochta orqali olingan bo‘lsa, muhrlangan qoplama talab etiladi.

IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun norezident pasport va telefon bilan pochta bo‘limiga shaxsan murojaat qilishi kerak. Mahalliy operatorning norezident maqomiga ega SIM-kartasi xuddi shu pasportga rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Agar qurilma pochta orqali olingan bo‘lsa, muhrlangan qoplama talab etiladi.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mobil qurilmasining IMEI-kodi/kodlarini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan biometrik harakatlanish hujjati orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin.

2022-yilning 1-iyundan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish jismoniy shaxslar uchun IMEI-kodni ilk tarmoq hodisasi vaqtidan boshlab 30 kalendar kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazish narxi bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizini ya’ni 60 ming so‘mni tashkil qiladi.

Agar IMEI-kodni ilk tarmoq hodisasi vaqtidan boshlab 30 kalendar kuni davomida foydalanilgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish narxi bazaviy hisoblash miqdorining 25 fozini ya’ni 75 ming so‘mni tashkil qiladi.