«E-AUKSION» elektron savdo platformasi haqida

e-auksion rasm

«E-AUKSION» elektron savdo platforma (savdo maydoncha)si O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3149-son qarori bilan tashkil etilgan.

“E-auksion” elektron savdo platformasi
“E-auksion” elektron savdo platformasi

Elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘i orqali ishtirok etish imkonini beradigan hamda buyurtmalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash tartib-taomillariga aralashuvni istisno etadigan maxsus dasturiy mahsulotdan foydalanilgan holda o‘tkaziladi.

Dastlab, savdo maydonchada 2017-yil 1-sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

So‘ng, tashkil etilgan elektron onlayn-auksion faoliyatini fuqarolarga ko‘p qulayliklar yaratib o‘zini oqlaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlari, Hukumat qarorlari bilan tegishli boshqa sohalarga joriy etilib kelinmoqda.

Savdo maydoncha fuqarolar uchun elektron onlayn-auksionlarda keng ishtirok etish va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha adolatli va shaffof savdolarda egalik va foydalanish huquqlarini sotib olish imkoniyatini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, jumladan:

– Davlat ob’ekti (binolari) va ulushlari;

– Ijara (davlat mulkini ijaraga berish, buyurtmachilar mulklarini ijaraga berish);

– Ko‘chmas-mulk;

– Avtotransport va maxsus texnikalar;

– Yer uchastkalari (tadbirkorlik, uy joy qurish, xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini yuritish va ekotruzim uchun);

– Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish huquqi;

– Strategik turdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;

– Noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi;

– Tozalash xizmatalari (daryolar o‘zanlarini tozalash, hududlarni tozalash);

– Ko‘llar tizimidan foydalanish;

– Tashqi reklama ob’ektlarini qurish va o‘rnatish huquqi (yerlar va bino va inshootlarga qurish);

– Radarlar o‘rnatish joylari;

– Og‘irlik va gabaritlarni o‘lchovchi statsionar shoxobochalar o‘rnatish;

va boshqa mol-mulklar.

“E-AUKSION” Savdo maydonchaning asosiy maqsadlari:

– jismoniy va yuridik shaxslarni buyurtmalariga asosan egalik va foydalanish huquqlari bo‘yicha auksion va tanlov savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va holisligini ta’minlash;

– narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish;

– elektron onlayn-auksionlar Internet tarmog‘ida arizalarni qabul qilish va g‘olibni aniqlash jarayonlariga har qanday aralashuvga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizmini yaratish;

– axborot xavfsizligi vositalari yordamida axborot butunligini va maxfiyligini ta’minlash.

Yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar auksion va tanlov savdolarini tashkil etish “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmasi bo‘yicha tashkil etiladi.

Savdo o‘tkazish qoidalari

Savdoda qatnashish ofertalari